Янгиликлар
09
Andijon shahrida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi!
Andijon shahar adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda shahardagi “Birlik” va "Qo'shariq" MFYlarda “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 30 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan ayollarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish va boshqalar xususida tushunchalar berildi.
Tadbir davomida, xotin-qizlarning 20 nafariga huquqiy maslahatlar berildi, 3 nafarining murojaati qabul qilinib, ish yurituvga olindi.