Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi




Joriy yilning 20-avgust kuni Andijon viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi buyicha vakolatli organlar ishtirokida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda hamkor tashkilotlarning kontrafaktga qarshi kurashishdagi muhim vazifalari muhokama qilinib, bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.