Янгиликлар
20
Tayinlov!

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrugʻiga koʻra Otajonov Saydullo Tilavoldi o‘g‘li Andijon viloyat adliya boshqarmasining Notariat, advokatura va mediatsiya sho‘basi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
S.Otajonov tayinlovga qadar boshqarmaning Notariat, advokatura va huquqiy xizmatlar sho‘basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi jamoasi S.Otajonovning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qoladi.