Янгиликлар
16
Qabriston mudiri (nazoratchi) xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Joriy yilning 16-sentabr kuni Paxtaobod tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning "To'pabjuvoz" va "Sirojiddin Eshon" qabristonlarida tuman hududidagi qabristonlardan yig'ilgan qabriston mudiri (nazoratchi) xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Dafn etish joylarini saqlash, ulardan foydalanish va qabr usti yodgorliklarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida“gi Nizom talablariga rioya qilish, Saylov qonunchiligi, Mehnat kodeksi, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy asoslantirilgan javob berilib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.