Янгиликлар
27
Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda “Men qanday talaba bo'ldim?” mavzusida uchrashuv oʻtkazildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularga hayotda o'z yo'lini topishga ko'maklashish maqsadida Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari, TDYUni muvaffaqiyatli tamomlagan talabarni jalb qilgan holda “Men qanday talaba bo‘ldim?” mavzusida otaliqqa olingan yoshlar hamda talaba yoshlar o'rtasida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida TDYUni muvofaqqiyatli tamomlab adliya boshqarmasi tizimida ishlayotgan, yuridik texniukumni muvofaqqiyatli tamomlab tavsiyanoma bilan suhbat asosida OTM talabasiga aylangan yoshlar tomonidan tengdoshlariga bu natijalarga qanday erishilganligi, buning uchun nimalarga e'tibor qaratish lozimligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.