Янгиликлар
27
Tengdoshimga huquqiy yordam" tadbiri doirasida adliya bo'limiga yoshlarni tashrifi tashkil etildi
Andijon tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri o'tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga tuman adliya bo'limi hamda uning tarkibiy tuzilmalarining ish faoliyati tanishtirilib, ularga adliya tuzilmalariga ishga kirish uchun ta'lim yo'nalishlari hamda bitruvchi yoshlarga berilgan imtiyozlar haqida asosli tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar bilan oʻzaro savol-javob qilinib, ularning huquqiy bilimlari yanada oshirildi. Ularni qiziqtirgan savollariga tuman tuzilma rahbarlari tomonidan huquqiy asoslantirilgan javoblar berildi.