Янгиликлар
27
Marhamat tuman hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi "Oila ilmi maktabi" da navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv tadbirida tuman hokimi o‘rinbosari X. Mamarizayeva yangi qurilayotgan oilalarning huquqiy asoslari, ajralishlarni oldini olish mavzusida ma’ruza qildi.
Shuningdek, FHDY bòlimi mudirasi qonuniy nikoh tartibi va ahamiyati mavzusida suhbatlashdi.
Tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A. Saidakbarov "Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishlarining ahamiyati" oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda Sog‘lom onalik va bolalik mavzularida ma’ruzalar qildi.
Tuman hokimligi yarashtirish komissiyasi raisi M.Ahmedov, Oilaviy ajrimlarning kelib chiqishida uchinchi tomonning aralashuvlarini oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini amalga oshirdi.
Bunday tadbirlarning muntazam ravishda tashkil etilishi hozirda dolzarb bo‘lgan oilaviy ajrimlarni oldini olishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.