Bog'lanish

Telefon
(+998 74) 223-49-02

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya boshqarmasi majlislar zalida boshqarma hamda tuman shahar adliya bo'limlari, DXM, YXKM, FHDY hodimlari ishtirokida tezkor yig'ilish o'tkazildi.



Yig'ilish qatnashchilariga boshqarma boshlig'i tomonidan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” siyosati va "O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq" Qoidalarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Tadbir davomida xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoxud boshqa qimmatliklar ko‘rinishida pora olmasliklari yuzasidan ogohlantirildi.

Shuningdek atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etilishi rejalashtirilayotganligi haqidagi faktlar aniqlansa, Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborishi yuzasidan tegishli ko'rsatma berildi.