Янгиликлар
Andijon tuman hokimining 2024 yil 13 iyundagi 125-1-16-Q/24-son qarori yuzasidan
Andijon tuman hokimining 2024 yil 13 iyundagi “Andijon tuman mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻ ajratish toʻgʻrisida”gi 125-1-16-Q/24-son qarori yashirin ravishda qabul qilingan.
Mazkur qaror yuzasidan quyidagilar aniqlangan:
– qarorga asossiz ravishda “XDFU” grifi belgilangan;
– qaror qonunchilik hujjatlariga zid ravishda “yopiq” tartibda qabul qilingan.
Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi hamda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, budjet mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq axborot sifatida belgilangan.
Shunga koʻra, mazkur qaror yuzasidan tuman hokimligiga Andijon tuman adliya boʻlimi tomonidan 2024 yil 15 noyabrdagi 1-60/12-7/94-son taqdimnoma kiritildi.