Янгиликлар
24
Qo’rg’ontepa tuman adliya bo'limi tomonidan “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari o’tkazilmoqda!
Qo’rg’ontepa tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida va mehnat munosabatlari yuzasidan o'quv seminari tashkil etildi.
Targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiya, mehnat kodeksi, jismoniy va yuridik shaxs murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlaring, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga huquqiy asoslantirilgan javob berilib, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflari tinglandi.