Янгиликлар
26
Xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar o‘tkazildi!
Izboskan tumani adliya bo‘limi FXDY bo‘lim mudirasi, tuman IIB xodimlari, tuman hokimi o‘rinbosari, tuman otinoyisi va mahalla xotin–qizlar faollari ishtirokida aholini huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, ayniqsa xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminarda ayollar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilish to‘g‘risida fikr mulohazalar yuritildi.
Shuningdek, seminar davomida xotin-qizlar faollari tomonidan berilgan savollarga aniq va kerakli maslahatlar berildi.