Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Mening mahallam jinoyatdan holi" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yi



2025-yil 31-yanvar kuni Jalaquduq tuman adliya bo‘lim hodimlari "Mening mahallam jinoyatdan holi" shiori ostida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvarda qabul qilingan “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarori ijrosini tashkil etish bo‘yicha  tumandagi “Birlashgan” va “Yangi O‘zbekiston” MFYlarning   mahalla yettiligiga qaror mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Huquqiy targʻibot davomida yuqoridagi qarorda belgilab qoʻyilgan barcha vazifalar hamda qaror asosida boʻladigan islohotlar tadbir ishtirokchilariga toʻliq yetkazildi.

Tadbir savol-javob shaklida oʻtkazilib, berilgan savollarga huquqiy asosi bilan javoblar berildi.

Shuningdek, qaror yuzasidan tayyorlangan infografika, buklet va flayerlar tarqartildi.