Янгиликлар
10
Energiya resurslaridan foydalanishning huquqiy asoslari aholiga tushuntirilmoqda

Prezidentning 2025-yil 1-apreldagi PQ–133-sonli “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyatida o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tuman (shahar) adliya bo‘limlari va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida mahallalarda targ'ibot tadbirlari tashkil etilib, aholiga uyma-uy yurgan holda huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqarolarga maxsus tayyorlangan targ‘ibot materiallari – flayerlar, bukletlar va boshqa targ'ibot materiallari tarqatildi.
Olib borilayotgan chora-tadbirlar aholining huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda.