Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Asaka tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga Yoqilg'i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.



Asaka tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga Yoqilg'i-energiya resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.04.2025-yildagi “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish, energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi 133-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda.

Targ‘ibot davomida fuqarolarga:
➖tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanishning tartib-qoidalari,
➖sohadagi so‘nggi normativ-huquqiy hujjatlar,
➖energiya tejamkor uskunalarning afzalliklari
➖ushbu uskunalarni joriy etgan shaxslarga qo‘llaniladigan  imtiyozlar haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Fuqarolarga targ‘ibot flayerlari va boshqa materiallar tarqatildi.

Ushbu tadbirlar aholining energiya samaradorligidagi huquqiy xabardorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini shakllantirishga xizmat  qilmoqda.