Янгиликлар
08
Adliya boshqarmasi tomonidan navbatdagi ZOOM yig'ilishi o'tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Isakov tomonidan tuman (shahar) adliya bo'limlari, yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo'limi boshliqlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali yig'ilish tashkil etildi.
Yig'ilish davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 80-son Farmoni ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar, "Huquqiy mahalla"," Online-mahalla" va "Adliya-mahalla" platformalari orqali ishlar samaradorligi muhokama qilindi.
Shuningdek, 2025-yil III choragi davomida xodimlarning faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) ga erishish yuzasidan amalga oshirilishi belgilangan masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tuman (shahar) larda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O'RQ-937-son Qonun ijrosini ta'minlash borasida tasirchan nazoratni yo'lga qo'yish lozimligi ta'kidlandi.