Янгиликлар
26
Rasmiy munosabaat
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bastion” kanali orqali yo‘llangan xabarda ko‘rsatilgan holat o‘rganilganda Asaka tuman 1-son FHDY bo‘limiga fuqaro I.Qodirov 14.09.2008-yilda tug‘ilgan farzandi Olimjonova Diyoraxon Iqboljon qizining shaxsiy raqami noto‘g‘riligi, shuning uchun farzandining nomiga sim karta ololmayotganligi, nomiga olingan sim karta yo‘qligi uchun my.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ta olmayotganligi va shu sayt orqali til bo‘yicha hamda milliy sertifikat olish uchun ariza topshira olmayotganligi yuzasidan murojaat qilgan. Olimjonova Diyoraxon Iqboljon qizi 14.09.2008-yilda tug‘ilgan va unga JShShIR berilgan. Fuqaroga JShShIR faqat bir marta berilishi haqida tushuntirish berilgan.
Shuningdek, Fuqaro Sidiqova Dilobar Xalimovna 11.07.2010-yilda tug‘ilgan farzandi Sidiqov Foziljon Akmal o‘g‘lining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasida muammo borligi sababli pasport ololmayotganligi, pasporti yo‘qligi uchun til bo‘yicha sertifikat ololmayotganligi haqida murojaat qilgan. Ushbu holat yuzasidan Asaka tuman 1-son FHDY bo‘limi xodimi tomonidan Sidiqov Foziljon Akmal o‘g‘lining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tekshirilib, Davlat personallashtirish markaziga yuborilganda tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi yaroqsiz holatda kelgan. Hozirda farzandining tug‘ilishi bilan bog‘liq xatolik o‘rganilayotganligi va xatolikni bartaraf etish ishlari amalga oshirilayotganligi ma'lum qilinadi.