Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Rasmiy munosabaat


Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon shahar FHDY bo‘limida fuqarolar tomonidan xizmatlardan foydalanish uchun navbat olish hamda boshqa holatlar aks ettirilgan holat o‘rganib chiqildi.
Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Bastion”kanali orqali yo‘llangan xabarda ko‘rsatilgan holat o‘rganilganda, Andijon shahar FHDY bo‘limida elektron navbat qurilmasi soz holatda ishlayotganligi hamda barcha xodimlar o‘z ish joyida ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, boshqarma tomonidan FHDY bo‘limida xizmat ko‘rsatish jaryoni ochiq va shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida inson omilisiz navbatlarni shakllantiruvchi Q-matik elektron qurilmasi ishga tushirilgan va ushbu tartibga rioya etilishi doimiy ravishda boshqarmada tashkil etilgan situatsion markaz orqali nazorat qilib boriladi.
Shunday bo‘lsada Andijon shahar FHDY xodimlari bilan xodim fuqarolar bilan suhbatlashganda boshqalarga ijobiy tomondan o‘rnak bo‘lishga majbur ekanligi, ular bilan muomala qilishda og‘ir va vazminlik bilan xushmuomala bo‘lishlari kerakligi, o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning taʼsiridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish hamda adliya organlari qadriyatlariga doimiy ravishda rioya etishligi yuzasidan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.