Янгиликлар
09
E’LON
Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarga nikohni tantanali vaziyatda qayd etish jarayonida yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlarini hamkorlikka taklif etadi.
Viloyatning barcha tuman va shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo‘limlarida nikohlanuvchi shaxslarning talabi (buyurtmasi) asosida tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan bir martalik qo‘shimcha xizmatlar (fotosessiya, keytering, bezak ishlari va boshqalar) ko‘rsatilishiga ko‘maklashish rejalashtirilgan.
Mazkur xizmatlar amalga oshirilishi adliya organlari tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlab olingan hamkor tadbirkorlar orqali tashkil etiladi.
Hamkor tadbirkor bilan tuziladigan shartnomada quyidagilar nazarda tutiladi:
taraflarning huquq va majburiyatlari;
nikohlanuvchilar buyurtmasi asosida ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar tartibi;
xizmat ko‘rsatish jarayoni va shartlari;
FHDYo bo‘limlari ko‘magida amalga oshirilgan xizmatlar uchun adliya organining byudjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armasiga o‘tkaziladigan belgilangan summa;
shartnomani bekor qilish asoslari va tartibi.
Shu munosabat bilan, barcha tadbirkorlik sub’ektlari mazkur yo‘nalishdagi tender tanlovida ishtirok etishga taklif etiladi.
Batafsil ma’lumot va ishtirok shartlari yuzasidan Andijon viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.
???? Manzil: Andijon shahri, Sh.Rashidov ko‘chasi, 60-uy
???? Telefon: (55)2021008 ichki:5503
???? Elektron pochta: andijon@adliya.uz