Янгиликлар
15
Bo'ston tumanida tadbirkorlar uchun huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi

Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “San’at va ijod himoyasi oyligi” doirasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ijodkorlarning mualliflik huquqlari va intellektual mulk sohasidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Bo'ston tumanidagi bozorlar savdo obyektlari qamrab olindi.
Uchrashuvda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish xususan mualliflik huquqiga doir masalalar tushuntirildi hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 1080-sonli Qonun mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.