Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Asaka tumanda “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati o‘tkazildi.


Joriy yilning 15-oktabr kuni Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi san’at va ijod sohasida faol shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirokida “San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida ochiq davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda oylik doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar dasturi ijrosi muhokama qilinib, ijodkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ-1080-son Qonuni mazmun-mohiyati, xususan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.