Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“San’at va ijod himoyasi” oyligi doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda


Adliya boshqarmasi tomonidan Baliqchi tumanidagi 19-bolalar musiqa va san'at maktabida mualliflik va turdosh huquqlarga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga imualliflik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari, shuningdek, mualliflik huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 8-avgustdagi O‘RQ–1080-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

Tadbir yakunida o'quvchi yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollar yuzasidan batafsil javoblar va amaliy tavsiyalar berildi.