Янгиликлар
20
Rasmiy munosabat!
Andijon viloyat adliya boshqramasi tomonidan Ijtimoiy tarmoqlar orqali Xo‘jaobod tuman FHDY bo‘limi mudirasi tomonidan amalga oshirilgan xatti-harakatlardan norozi bo‘lib yo‘langan murojaatda keltirilgan holatlar o‘rganib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro B. D. Xo‘jaobod tuman FHDY bo‘limiga 08.04.2025-yilda o‘zining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvining 3 va 12-ustunlaridagi bolaning ota ustunini o‘zgartirish, tuzatish, qo‘shimcha kiritishni so‘rab belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur ariza FHDY bo‘limida 47-tartib raqam bilan qayd qilinib, arizada ko‘rsatilgan holatlar ijro qilinib fuqaroga shu kunning o‘zida tug‘ilganlik haqida takroriy guvohnoma berilgan.
“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisida”gi (ro‘yxat raqam 2547, 31.12.2013 y) Yoʻriqnomaning 108-bandida Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish uchun ariza beruvchi mazkur Yoʻriqnomaning 46-ilovasiga muvofiq shakldagi Dalolatnoma yozuviga oʻzgartirish, tuzatish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi ariza bilan doimiy yashash joyidan qatʼi nazar, FHDY organiga murojaat qiladi deb ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaroning murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib ijro etilganligi xabar qilinadi.