Янгиликлар
21
Rasmiy munosabat!
Andijon viloyat adliya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda farzandining familiyasini o'zgartirib berish mazmunidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur holat bo'yicha murojaatchining farzandi Turkiya davlatida tug'ilganligi, bolaning tug'ilishi ushbu davlat tomonidan yolg'iz ona tartibida qayd qilinganligi, fuqaro farzandiga otalik belgilab berishni so'rab murojaat qilganida, tug'ilishi chet elda qayd qilingan bolaga nisbatan otalik belgilash otaning ishtirokida dalolatnoma yozuvi saqlanayotgan joydagi FHDY bo'limi tomonidan amalga oshirilishi haqida tushuntirish berilgan.