Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Rasmiy munosabat!


Andijon viloyat adliya boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda Andijon tuman FHDY bo'limi xodimining xatti-harakatidan norozi bo'lib yo'llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Murojaatda fuqaro A.F sudning nikohni bekor qilish haqidagi qarorni ijro qildirish uchun FHDY bo'limiga murojaat qilganligi, FHDY bo'limi xodimi fuqaroga doimiy yashash manzili Asaka tumani ekanligini bildirib, yashash joyidagi FHDY bo'limiga murojaat qilishini aytganligi bayon qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o'rganish o'tkazilayotganligi, o'rganish natijalari bo'yicha tegishli chora tadbirlar ko'rilishi, shuningdek fuqarolar nikohni bekor qilish uchun doimiy yashash joyidan qatiy nazar istalgan FHDY bo'limiga (eksterritorial tartibda) murojaat qilishlari mumkinligi hamda boshqarma tomonidan nikohni bekor qilish uchun fuqarolar doimiy yashash joyidagi FHDY bo‘limlariga murojaat qilishlari haqida topshiriq yoki ko‘rsatma berilmaganligi xabar qilinadi.