Янгиликлар
24
???? “MA'NAVIYAT SOATI” O‘TKAZILDI.
✅ Andijon viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Ma’naviyat soati” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarma Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha bosh maslahatchi M.Muhammedov tomonidan bo‘lim faoliyati, amalga oshirish mexanizmi, Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va soha faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
✅ Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘ba xodimlari tomonidan yangi qabul qilingan qonun hujjatlari xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda sohada byurokratik tartibotlarni tubdan qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni yuzasidan tushuntirish berildi.
???? Andijon viloyat adliya boshqarmasi