Янгиликлар
20
Ish beruvchining aybi bilan o‘z xisobidan tibbiy ko‘riklardan o‘tib kelgan tibbiyot xodimlarining 52 381 000 so‘m pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Andijon viloyati, Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasida ishlovchi tibbiyot xodimlari o'z hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tishganligi bilan bog‘liq xarajatlari tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan kompensatsiya tariqasida to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati Buloqboshi tuman adliya bo'limi tomonidan o'rganildi.
Murojaatni o'rganish davomida, tibbiyot xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 286-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart ekanligi hamda 292-moddasida xodimning majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilish ish beruvchining hisobidan amalga oshirilishi zarur boʻlgan to‘lovlari toʻlanmay kelganligi aniqlandi.
Bu holat yuzasidan Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritildi.
Natijada, 700 dan ortiq tibbiyot xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan bogʻliq xarajatlari ish beruvchi tomonidan kompensatsiya tariqasida jami 52 381 000 so‘m pul mablag'lari toʻlab berilishi taʼminlandi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi