Янгиликлар
25
Adliya bo'limi aralashuvi bilan ustama pullari undirib berildi.
66.805.982 so‘m ustama pullari undirildi.
Jalaquduq tuman adliya bo'limiga fuqarolar M.M. va B.K.lar o'zlarining sport maktabida tibbiyot xodimi bo'lib ishlashlari va o‘zlariga tegishli ustamalari to‘lanmay kelayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaatlari o‘rganib chiqildi.
Murojaatni o'rganish davomida, Jalaquduq tuman sport maktabining tibbiyot xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli qarorining 2-ilovasi 23-27-bandiga ko‘ra to‘rt oylik ustama pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Mazkur huquqbuzarlik yuzasidan adliya bo'limi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi
va natijada fuqarolarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 66.805.982 so‘m ustama pullari undirib berilishiga erishilindi.