Янгиликлар
25
Andijon viloyati adliya boshqarmasida "Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasidagi dastlabki tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, har yili dekabr oyining birinchi haftasida “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga asosan Oliy Majlis xuzuridagi Jamoat fondi Andijon viloyati xududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan "Fuqarolik jamiyati xaftaligi"ning Andijon viloyati bosqichi o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida 2021–2025-yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining natijalari va 2030 yilgacha mo‘ljallangan strategik rejalar, 2026-yil uchun konsepsiya loyihasiga takliflar, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari hamda ochiqlik siyosati, fuqarolik jamiyati uchun yaratilgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, davlat organlari bilan Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining viloyat hududiy bo‘linmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tadbir yakunida "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning Andijon hududiy bosqichi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan bir guruh NNT rahbarlariga tashakkurnomalar topshirildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi