Янгиликлар
26
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF–177-son Farmoniga muvofiq yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilot xodimlari ishtirokida o'quv seminari tashkil etildi.
Joriy yilning 25-noyabr kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Andijon viloyati boshqarmasida Adliya boshqarmasi va UNICON-SOFT” MChJ Andijon viloyat bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF–177-son Farmoniga muvofiq, yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilot xodimlari (direktor, kadrlar bo'yicha mas'ul xodimlar, buxgalterlar va hk) ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda viloyatdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab internatlar hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari “E-huquqshunos” elektron tizimiga to'liq ulanganligi va yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarning faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash Markazlarning asosiy vazifalaridan biri ekanligi tushuntirildi.
Seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son qarori asosida Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarga “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda yuridik xizmatlar ko‘rsatilishi tushuntirildi.
Savol javob shaklida tashkil etilgan mazkur seminarda, tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar berildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi