Янгиликлар
27
Andijonda adliya boʻlimi koʻmagi bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berilishi ta'minlandi...
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs - O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining chet davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan shaxsdir.
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik shaxsning davlat bilan o‘zaro huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi yig‘indisida ifodalanadigan hamda inson qadr-qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini e’tirof etish hamda hurmat qilishga asoslanadigan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi.
Andijon viloyati Ulug'nor tuman adliya boʻlimiga 3 nafar fuqaroligi boʻlmagan E.I., E.Y. va E.R. ismli shaxslar O‘zbekiston Respublikasida 15 yildan ortiq doimiy yashab kelayotganliklari, lekin O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishga qiynalayotganligini bildirib, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat yo'llagan.
Murojaatni o'rganish davomida, mas'ullar tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo'ston tumanlararo sudiga fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risidagi ariza kiritildi.
Uzoq davom etgan sud muhokamasi natijasida sud tomonidan fuqaroligi yo‘q shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik faktini belgilash to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilindi.
Sudning qaroriga asosan Ulug'nor tuman IIB tomonidan mazkur 3 nafar fuqaroligi yo‘q shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportlari (ID kartalari) topshirildi.