Янгиликлар
29
Andijonda sportning mini futbol turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
Andijon viloyati adliya boshqarmasi tizimida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish, shuningdek xodimlar o‘rtasida jamoaviy va do‘stona muhitni shakllantirish maqsadida boshqarmaning 2025-yil uchun belgilangan "Teambuilding" dasturi doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada boshqarma, tuman va shahar adliya bo'limlari vakillaridan iborat jami 14 ta terma jamoa bellashdilar.
Ushbu musobaqada barcha ishtirokchilar o‘zidagi bor salohiyatni to‘liq namoyon etib, eng so‘nggi soniyalargacha sog‘lom raqobat ruhida kurash olib bordilar.
Musobaqa natijalariga ko‘ra:
Adliya boshqarmasi terma jamoasi 1-o'rinni;
Andijon shahar terma jamoasi 2-o'rinni;
Jalaquduq tumani terma jamoasi 3-o'rinni egalladilar.
G'olib va sovrindorlar boshqarmaning tegishli pul mukofotlari, medal va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi