Янгиликлар
01
Andijonda Adliya vazirligi va TDYU tashabbusi bilan tashkil qilingan “Targ'ibot poyezdi" aksiyasi davom ettirilmoqda.
Andijon davlat texnika institutida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan “Targ'ibot poyezdi” aksiyasi davom etmoqda. Tadbirga institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar hamda hamkor tashkilot vakillarini jalb etildi.
Mazkur tadbir viloyat adliya boshqarmasi, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari tomnidan tashkil etilib, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririda mustahkamlangan eng muhim prinsiplar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlarning Konstitutsiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida interaktiv viktorina tashkil etildi. Ishtirokchilar savollarga faollik bilan javob berib, o‘z bilim va dunyoqarashini namoyon qildilar. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Aksiya joriy yilning 3-dekabr kuniga qadar joylarda davom etadi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi