Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Tibbiyot xodimlariga 66 805 982 so'm ustama to'lovlari undirib berilishi ta'minlandi.


Jalaquduq tuman adliya bo'limiga fuqarolar M.M. va B.K. lar o‘zlarining Sport maktabi tibbiyot xodimlari ekanligi va qonunchilikka muvofiq tegishli ustamalari
to‘lanmayot kelayotgani yuzasidan murojaat qilgan.

Tuman adliya bo'limi tomonidan murojaat o'rganish davomida, murojaatchilar Jalaquduq tuman Sport maktabi tibbiyot xodimlari ekanligi va ularga haqiqatdan ham, Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli qarorining 2-ilovasi 23-27-bandiga ko‘ra tibbiyot xodimlariga to‘rt oylik ustama pullari to‘lanmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman adliya bo'limi tomonidan muassasa rahbarigaqonunchilikka muvofiq ustama pullarini to‘lab berish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan Taqdimnoma kiritildi.

Natijada, taqdimnoma ijrosi ta'minlanib fuqarolar M.M. va B.K.larga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 66 805 982 so‘m ustama pullari toʻlab berilishi ta'minlandi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi