Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“BOLALAR VA YOSHLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH” huquqiy aksiyasi davom ettirilmoqda.


Adliya boshqarmasi tasarrufidagi barcha tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan tumandagi hududlarda aksiya doirasida o‘quvchilar o‘rtasida huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish maqsadida davra suhbatlari va tadbirlar davom ettirilmoqda.

Davra suhbatlari davomida, bolalar va yoshlarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan huquqlari, kafolatlari va va imtiyozlari, shuningdek bolalar zo‘ravonligiga oid qonunlar talablari tushuntirilib, yoshlarga oid ko‘rgazmali targ‘ibot materiallari tarqatilmoqda.

Shu bilan birga, bolalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, ularga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlash borasida tushuntirishlar berilmoqda.

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi