Янгиликлар
05
Andijon viloyati adliya boshqarmasida 8-dekabr – “Konstitutsiya kuni” bayrami munosabati bilan o'z vazifasini sidqidildan bajarib kelayotgan xodimlarning bir nechtasi taqdirlandilar.
Tadbirni dastlab, Andijon viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari S.Isakov ochib, xodimlarni bugungi samarali faoliyati bilan tabriklab, ularning kelgusi ish faoliyatlarida zafarlar tilagan holda boshlab berdi.
Shundan so'ng, Adliya organlari va muassasalariga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarayotganligi, sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi va samarali mehnati uchun xodimlarga "Adliya a'lochisi" ko'krak nishoni, adliya vazirining "Faxriy yorlig'i" va Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining "Faxriy yorlig'i" bilan taqdirlandilar.
Bu kabi tadbirlar xodimlarda ishga bo'lgan ishtiyoq, jamoada raqobatli bo'lishga undaydi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi