Янгиликлар
09
Andijon pedagogika institutida "9-dekabr - Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi.
Yig'ilishda Andijon viloyati adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi xodimlari va Andijon pedagogika instituti rahbariyati, pedagoglari va talabalari ishtirok etdilar.
Seminarda OTMlarda, shuningdek, davlat organlarida korrupsiyani oldini olish, shaffoflikni ta’minlash, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlar o‘rtasida halollik va korrupsiya ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlash, huquqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish, qonuniylikni ta’minlash, murojaatlar bilan ishlashda adolat mezonlariga amal qilish, qonundagi so‘nggi o‘zgarishlar, korrupsiya va huquqbuzarlik uchun javobgarlik muqarrar ekani haqida ishtirokchilarga tushunchalar va ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir yakunida faol yoshlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi