Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“UzAvto Motors” AJ da Korrupsiyaga qarshi kurashishga bag'ishlangan tadbir o‘tkazildi.


“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “UzAvto Motors” AJ da 09.12.2025 yil kuni jamiyat ishchi-xodimlari va Andijon mashinasozlik instituti talabalari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda jamiyat ishchi-xodimlari va talaba yoshlarga korrupsiyalashgan tizimda muvaffaqiyatli rivojlanish bo‘lmasligi, aholi yashash sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, buning natijasida davlat hokimiyati organlariga bo‘lgan ishonchga putur yetkazilishi yuzasidan tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, Andijon mashinasozlik instituti talabalarini qiziqtirgan savollariga javob bergan holda, korrupsiya bu davlatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi putur yetkazuvchi jiddiy jinoyat ekanligi borasida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi