Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya boshqarmasi va uning hududiy organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.11.2025 yildagi PF-214-sonli Farmoni yuzasidan targ'ibot tadbirlari o'tkazilmoqda


Viloyat adliya boshqarmasining DXM va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi xodimlari tomonidan markazdagi tadbirkorlar va markazga tashrif buyurgan fuqarolarga yang normaning mazmun-mohiyati, biznes boshlashdagi asosiy jihatlar va tadbirkorlik uchun qonunchilikdagi imtiyozlar to‘g‘risida tushuntirishlar berib o'tildi.

E'tiborlisi shuki, 2026-yil 1-yanvardan “Biznesni 15 daqiqada boshlash” tamoyili asosida tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bir vaqtning o‘zida quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi:

✔️ elektron raqamli imzo kalitini berish;
✔️ bank hisobvaraqlarini ochishga ariza topshirish hamda ularni faollashtirish;
✔️ ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya, ruxsatnoma olishga ariza yoki xabarnoma yuborish;
✔️ ko‘chmas mulk ijara shartnomasini rasmiylashtirish;
✔️ QQS to‘lovchisi guvohnomasini olish;
✔️ onlayn nazorat-kassa mashinalarini onlayn ravishda xarid qilish va ularni soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish;
✔️ yuridik shaxs rahbarini tayinlash va uni “YMMT” IDAKda hisobga qo‘yish.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi