Янгиликлар
15
Viloyat adliya boshqarmasi va uning hududiy organlarida mas'ullar tomonidan proflaktik suhbatlar o'tkazildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari sho‘basi boshlig‘i M.Maxsudov hamda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh maslahatchisi M.Odiljonovlar tomonidan joriy yilning 11-dekabr kuni Buloqboshi tuman adliya bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazlari va FHDY bo‘limlari xodimlari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Suhbat jarayonida xodimlarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, tizimda manfaatlar to'qnashuvini oldini olish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishini ta’minlash xodimlar o‘rtasida turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish tushuntirildi.
Xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, ularni aniqlash va chek qo‘yish, huquqbuzarliklarning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar, shart-sharoitlarni bartaraf etish tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish” SIYOSATI, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlani baholash” USLUBIYOTI, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq Qoidalari” mazmun-mohiyatini yana bir bor eslatib o‘tildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi