Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

QONUNCHILIKDAGI YANGILIK!!!


Endilikda dafn etish ishlarini ro'yxatga olish raqamlashtiriladi...

Hukumatning 2025-yil 21-noyabrdagi 735-son qarori bilan dafn etish ishlarini tashkil etish va hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi tartiblar joriy etilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, vafot etgan shaxslarni dafn etishga ruxsat berish va ro‘yxatga olish jarayonlari bosqichma-bosqich raqamlashtiriladi. Endilikda bu sohada zamonaviy elektron axborot tizimlari joriy qilinib, dafn etish ishlari yagona platforma orqali monitoring qilib boriladi.

Qarorda belgilanishicha, 2026-yil 1-iyunga qadar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimi doirasida “Dafn etish ishlarini ro‘yxatga olish yagona elektron daftari” hamda uning mobil ilovasi ishlab chiqiladi. Bu esa barcha dafn etish holatlarini yagona elektron bazada hisobga olish imkonini beradi.

Shuningdek, 2026-yil 1-martdan boshlab muhim bir yangilik amaliyotga joriy etiladi. Vafot etgan shaxsning o‘limi FHDY organlari tomonidan qayd etilgach, uning eri yoki xotini, ota-onasi hamda farzandlarining my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) dagi shaxsiy kabinetiga QR-kodli bepul ma’lumotnoma yuboriladi. Ushbu hujjat gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va barcha zarur holatlarda rasmiy hujjat sifatida foydalaniladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha Toshkent shahrida tajriba tariqasida yangi tartib sinovdan o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, qabriston mudirlari (nazoratchilari) tomonidan dafn etishga ruxsat berish faqat elektron modul yoki mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Dafn etish ishlarini qog‘oz shaklida yuritish tartibi bekor qilinadi va barcha ma’lumotlar elektron tarzda ro‘yxatga olinadi.

Mazkur yangiliklar, avvalo, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozlikni kamaytirish, dafn etish jarayonida tartib-intizom va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va tushunarli tizim yaratishga xizmat qiladi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi