Янгиликлар
18
QONUNCHILIKDAGI YANGILIK!!!
Endilikda tadbirkolikni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshiriladi.
“Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operasion xizmatlarni kompleks ko'rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–375-son, 13.12.2025-y.) qabul qilindi.
Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan ko'zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi:
1000 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko'rsatishni yo'lga qo'yish orqali tadbirkorlar faoliyatiga to'laqonli hamrohlik qilish tizimini joriy etish;
-tadbirkorlar masalalari va muammolarini eshitish, muhokama qilish va joyida hal qilishga mo'ljallangan sifat jihatdan yangi maydoncha yaratish.
2026-yil 1-martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida ko'rsatish bo'yicha “Biznes hamroh” loyihasi doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi.
Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yo'lga qo'yiladi;
-dastlabki bosqichda “Biznes hamroh” markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etiladi.