Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

RASMIY MUNOSABAT


Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Buloqboshi tumani, Sharq yulduzi MFY, Kalaxcha ko‘chasida yashovchi fuqaro O. Ergashevaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan farzandi E.M 2023-yil 24-dekabrda Turkiya Respublikasida tug‘ilgan va ushbu tug‘ilish yolg‘iz ona tartibida Turkiya Respublikasida qayd etilgan.

Shuningdek, E.Mning tug‘ilishiga oid ma’lumotlar “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi chet ell tug‘ilish qismiga kiritilgan.

Shundan so‘ng,  fuqaro O.Ergasheva FHDY bo‘limi hamda Adliya boshqarmasiga murojaat qilib bolasiga Turkiya Respublikasi fuqarosi K.Zning otaligini belgilab berishni so‘ragan.
Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 39-bandida nikohda bo‘lmagan ota-onadan tug‘ilgan bolaga otalikni belgilash ota va onasi tomonidan birgalikda berilgan arizasi yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDY organida amalga oshirilishi, 40-bandida otalikni belgilash to‘g‘risidagi ariza, fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, 41-bandida otalikni belgilash ariza berilgan kuni ota-onasining ishtirokida amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur qoidalarning 7-bandida O‘zbekiston Respublikasining chet elda yashovchi fuqarolariga nisbatan mazkur Qoidalarning 5-bandi (tug‘ilganlik haqida, nikoh tuzish haqida, nikohdan ajralish haqida, o‘lim haqida)da ko‘rsatilgan harakatlarni O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari amalga oshiradi.

Konsul O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolaridan, fuqarolik holatini O‘zbekiston Respublikasida qayd ettirgan xorijiy davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan dalolatnoma yozuvlariga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritish, dalolatnoma yozuvlarini tiklash, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi va ushbu hujjatlarni vakolatli organlarga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilangan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, fuqaroning farzandiga otalik belgilash masalasi tug‘ilishni qayd etish holati Turkiya Respublikasida amalga oshirilganligi bois, shu davlat tomonidan ko‘rib chiqilishini inobatga olgan holda fuqaro va uning farzandiga otalikni belgilamoqchi bo‘lgan shaxs birgalikda FHDY bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda ariza va unga ilova qilingan hujjatlar tegishli konsullikka ko‘rib chiqishlik uchun yuborilishi mumkinligi ma’lum qilinadi.