Янгиликлар
19
Ustama pullari undirib berildi
Andijonda tibbiyot xodimlariga 88 796 005 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh) so‘m ustama pullari undirib berildi.
Andijon shahar adliya bo‘limiga “Huquqiy mahalla” platformasi orqali shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 6-oilaviy poliklinikada faoliyat yurituvchi 171 nafar xodimlarning murojati kelib tushgan.
Murojaatga ko'ra, xodimlarga II chorak yakuni munosabati bilan berilishi lozim bolgan tegishli ustamalar to‘lab berilmaganligi bayon qilingan.
Murojaat o'rganib chiqilib, tegishli normalar asosida muassasaga adliya bo'limi boshlig'ining taqdimnomasi kiritilgan holda xodimlarga 88 796 005,00 (sakson sakkiz million yetti yuz to‘qson olti ming besh so‘m nol tiyin) so'm miqdoridagi ustama pullari to'lab berilishi ta‘minlandi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi