Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Fuqarolarni 9 oydan beri qiynab kelgan muammoga barham berildi


                                         Andijonda Adliya bo'limini aralashuvi bilan fuqarolarni 9 oydan beri qiynab kelayotgan muammoga barham berildi.

        Izboskan tumanida yashovchi  fuqaro A. S. notarial idora orqali  oldi-sotdi shartnomasiga asosan Shodlik MFYda  joylashgan uyning “bir qismi”ni sotib olgan va  tuman davlat xizmatlari markazi orqali kiritgan “Turar joy obeyktlariga kadastr hujjatlarini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi”  11 ta arizalari Kadastr agentligi Izboskan tumani filiali xodimlari tomonidan “Taqdim etilgan hujjatlar noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan ma’lumotlar topilganligi sababli” rad etilgan.

       Mazkur masala yuzasidan tuman adliya bo‘limining aralashuvidan so‘ng, muammo hal etilib, “turar joyning kadastr pasporti” shakllantirildi hamda “ko‘chmas mulk obeyktiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan” o‘tkazildi.

       Andijon viloyat adliya boshqarmasi