Янгиликлар
25
Andijon viloyat adliya boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.
Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasida tizimdagi xodimlar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Adliya vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, Adliya vazirligi tizimidagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va boshqa korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan ichki qoidalarga rioya qilish shartligi tushuntirildi.
Xususan, tadbirda xodimlarning fuqarolar bilan ishlashdagi muomala madaniyati hamda ularning ruhiy-axloqiy holatiga alohida to'xtalib, mazkur holatlarni bartaf etish bo'yicha bevosita mas'ullar taklifi tinglanib, ularga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, xodimlarga odob-axloq va kasb etikasi qoidalariga rioya qilishlari ta'kidlab o‘tildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi