Янгиликлар
09
Tadbirkorga amaliy yordam berildi!
#Adliya_xabari
#Andijon_viloyati
Andijonda tadbirkorning 608 550 000 (olti yuz sakkiz million besh yuz ellik ming) so‘m miqdordagi pul mablag'lari undirib berildi.
Andijon shahar adliya bo'limiga MChJ rahbari obodonlashtirish boshqarmasiga shartnoma tuzgan holda mahsulot yetkazib bergan bo'lsada, haligacha mahsulotlari uchun to'lovlarni undira olmayotgani yuzasidan murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish natijasida, adliya bo'limi tomonidan MChJ manfaatlarini ko'zlab, Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga da‘vo arizasi kiritilgan.
Xususan keyinchalik da'vo Qorg‘ontepa tumanlararo iqtisodiy sudiga yuborilib, sud majlisi natijalariga ko'ra hal qiluv qarori chiqarilib, da‘vogarga 608 550 000 (olti yuz sakkiz million besh yuz ellik ming) so‘mlik tovar haqidan bo‘lgan qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talabini Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan to‘lab berilishi ta'minlangan.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi