Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 202-10-08

Elektron manzil
andijon@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Fuqaroning uzoq yillik muammosi hal etildi!


Andijonda adliya bo'limining ko'magi bilan fuqaroning 42 yillik muammosi ijobiy hal qilindi.

Ulug'nor tumanining Fazogir mahallasida yashovchi fuqaro K.U. fuqarolik masalasida huquqiy manzil izlab,  tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan.

Murojaatni o'rganish davomida, fuqaro 1992-yilda o'rta maktabni tugatgach chekka hududda yashaganligi va e'tiborsizligi sababli O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini olish masalasi qolib ketganligi aniqlangan.

Masala yuzasidan, Ulug'nor tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro K.U.ning manfaatini ko‘zlab, O‘zbekiston hududida 1984-yildan buyon doimiy yashaganlik faktini belgilash bo‘yicha Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo'ston tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan.

Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, fuqaroga 1984-yildan beri O‘zbekiston hududida doimiy yashab kelganligi rasman tasdiqlanib, tuman IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (ID kartasi) topshirildi. 

Andijon viloyat adliya boshqarmasi