Янгиликлар
04
Rasmiy munosabat!
"RASMIY MUNOSABAT"
Andijon shahar Davlat xizmatlari markaziga katta yoshli buvisi bilan borgan hamda xojatxonadan foydalanishda noqulaylikka duch kelgan va xodimlarning muomalasidan norozi bo'lgan fuqaroning "BASTION" telegram kanali orqali yo'llagan murojaati Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqildi va bu yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
- Andijon shahar Davlat xizmatlari markazining fuqarolar uchun ajratilgan xojatxonasida joriy yilning 2-fevral sanasidan buyon ta'mirlash ishlari olib borilganligi sababli vaqtincha yopilgan, endilikda xojatxona to'liq ta'mirlanib yana fuqarolar uchun ochilganligi ma'ul qilinadi.
- shuningdek, xodimlarning muomala madaniyati yuzasidan boshqarma mas'ullari tomonidan xodimlarga profilaktik suhbat o'tkazilgani va fuqarolarga hushmuomala bo'lish hamda vakolat doirasida yordam berishlari lozimligi tushuntirildi.