Янгиликлар
10
Pedagoglarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Pedagoglarning ustama pullari to'lab berilishi ta'minlandi.
Paxtaobod tuman MMTB tasarrufidagi maktablardagi inklyuziv sinflarda ishlovchi bir guruh maxsus pedagoglar qoʻshimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib tuman adliya bo'limiga murojaat qilgan.
Murojaat o'rganilganda, 32 nafar xodimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.10.2025-yildagi 740-son qaroriga asosan inklyuziv sinflarda faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglarga va yordamchi xodimlarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida ustama pullari to'lanmay kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan adliya bo'limi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritilib, xodimlarga ish beruvchi tomonidan to'lanmay qolgan 21 669 528 so‘m (yigirma bir million olti yuz oltmish to'qqiz ming besh yuz yigirma sakkiz) so'm ustama pullari toʻlab berilishi taʼminlandi.