Янгиликлар
12
Fuqarolarni 15 yldan buyon qiynab kelgan muammoga barham berildi
Fuqaroni qiynab kelgan 15 yillik muammo hal etilishida amaliy yordam berildi.
Izboskan tumanida yashovchi fuqaro D.G adliya bo‘limiga murojaat qilib, 2011-yilda Rossiya davlati Moskva shahrida vafot etgan turmush o‘rtog‘i D.F.ni “o‘limi to‘g‘risida”gi guvohnomasini olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Mazkur murojaatni o‘rganish davrida fuqaro D.G Rossiya davlati idoralaridan faqat murojaatiga turli vajlar ko‘rsatilgan javob xatlarini olgan, ushbu idoralar tomonidan turmush o‘rtog‘i D.F.ni “o‘limi to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomasi” yoki “guvohnomasi” taqdim qilinmaganligi ma’lum bo‘lgan. Bu xolat fuqaro D.G boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishga to‘sqinlik qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida FIB tuman sudiga da’vo arizasi kiritilgan.Sud tomonidan da’vo arizasida ko‘rsatilgan talab atroflicha muhokama qilinib, muzokaralardan so‘ng da’vo qanoatlantirilib, fuqaro D.G turmush o‘rtog‘i D.F.ni vafot etganlik fakti tasdiqlangan.